O‘zbekistonda xalqaro ziyorat festivali bo‘lib o‘tdi

Umumjahon So‘fiylar tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro festival doirasida O‘zbekistonga 18 ta davlat, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Braziliya va AQShdan 200 ga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Malayziyaning "Umumjahon So‘fiylar tashkiloti" tashabbusi bilan joriy yil 31-oktabr -7 noyabr kunlari O‘zbekistonda ziyorat turizmi yo‘nalishida “Naqshbandiy turizm festivali-2019” (Naqsybandi Tourism Festival 2019) bo‘lib o‘tdi.   

Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston so‘nggi yillarda hududlarni jadal rivojlantirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish hamda istiqbolda investitsion jozibadorlikni yaxshilash maqsadida ziyorat turizmi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur xalqaro festival doirasida O‘zbekistonga 18 ta davlat, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Braziliya va AQShdan 200 ga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi.

Ziyorat dasturi doirasida mehmonlar Buxoro shahrida"Yetti pir" nomi bilan mashhur bo‘lgan Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Orif Revgariy, Xo‘ja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Muhammad Bahouddin Naqshbandiy, Xo‘ja Boboi Samosiy, Xo‘ja Ali Romitaniy, Abul Hafs Kabir hamda Sayyid Amir Kulol ziyoratgohlarini, Mir Arab Oliy madrasasini ziyorat qilishdi.

O‘zbekistonda xalqaro ziyorat festivali bo‘lib o‘tdi

So‘ngra ziyoratchilar Samarqand shahrida Imom Buxoriy majmuasi, Xo‘ja Ubaydulloh Ahror xamda Shohi Zinda majmualarida bo‘lishdi. Shuningdek Qarshi va Termiz shaharlariga ham tashrif uyushtirilib, u yerlarda Abul Muin Nasafiy, imom At-Termiziy, Hakim Termiziy kabi allomalar maskanlariga ziyorat amalga oshirildi. Bulardan so‘ng mehmonlar Toshkentda Hazrati Imom kompleksi va O‘zbekiston musulmonlar idorasida bo‘lishdi.

Malayziya muftiysi O‘zbekistonning ziyorat turizmi bo‘yicha elchisiga aylandi

Xalqaro ziyorat yakunida tashrif buyurganlar O‘zbekistonda ilk bor chop etilayotgan "Hilol-nashr" matbaa-nashriyoti faoliyati bilan tanishib, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid majmuasida bo‘ldilar.