TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. 6 noyabr kuni Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan HY-502 reys samolyotida 5 nafar yo‘lovchilarning sog‘lig‘i yomonlashdi.
TIV xabariga ko‘ra, shu sababli samolyot Gansu provinsiyasining Lanchjou shahri aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Sog‘lig‘i yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolari A.S., M.M., D.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li – Rossiya fuqarolariga samolyot qo‘nganidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.
Xabarda 7 noyabr soat 5:41da samolyot Toshkentga uchib ketgani qo‘shimcha qilingan.
Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan