Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimga tayinlandi

Prezident farmoyishiga asosan Zikirilla Maxmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Prezident farmoyishiga asosan Maxmudov Zikirilla Abbosovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Svetlana Artikova Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Maxmudov 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2006-yilda Toshkent islom universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. U o‘z mehnat faoliyatini 2006-yilda Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.