TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ID-kartalar paydo bo‘lishi va pasportlarni bosqichma-bosqich unga almashtirish bilan propiska olish tizimini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda IIV vakili Ruslan Karimov AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Hozirda o‘zgartirish kiritish ehtimoli o‘rganib chiqilmoqda va qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.
“Ikki yildan keyin propiska masalasi ko‘tarilmaydigan masala bo‘ladi”, - deya IIV vakili so‘zlaridan keltiradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, ID-karta joriy etish va pasportlarni bosqichma-bosqich bilan ularga almashtirish 2021-yilgacha qoldirilgan.