G‘arb MDH davlatlarida vaziyatni izdan chiqarmoqchi - FXX rahbari bayonoti

Bortnikovga ko‘ra, bunday aralashuvning an’anaviy instrumenti sifatida chet el va xalqaro nodavlat tashkilotlari xizmat qilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. G‘arb davlatlari MDH mamlakatlarida faol ravishda ichki vaziyatni nostabillashtirishga intilmoqda, deb bayonot qildi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov.

ID jangarilari MDH davlatlarida tarqalishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – Bortnikov

"Bunday aralashuvning an’anaviy instrumenti sifatida <...> chet el va xalqaro nodavlat tashkilotlari xizmat qilmoqda", — deya aniqlik kiritdi MDH maxsus xizmatlari va xavfsizlik organlari rahbariyati kengashi yig‘ilishida.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) — sobiq SSSR respublikalarining aksariyati birlashgan davlatlararo tuzilmadir. 1991-yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina rahbariyati tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda unga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston a’zo. 2009-yilda birlashmani Gruziya tark etgan, shuningdek Ukraina munozarali maqomga ega.