Rossiya va O‘zbekiston 13 ta terrorchilik tashkiloti yacheykalarini fosh etdi

Birgina 2019 yilda MDH va Rossiya tomonidan 10 dan ziyod terrorchilar yacheykalari fosh etilgan va 138 nafar jangari qo‘lga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov  Rossiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 2019-yilda 13 ta terrorchilik tashkiloti yacheykalarini  fosh etishgani va 138 nafar jangarini qo‘lga olishganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Shuningdek, u MDH xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida may- oktabr oyi davomida terrorchilik yoki diniy ekstremistik tashkilotlarga aloqadorlikda gumon qilingan 200 dan ortiq MDH fuqarolari chegara nazoratiga qo‘yilganini qo‘shimcha qildi.

ID jangarilari MDH davlatlarida tarqalishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – Bortnikov

Eslatib o‘tamiz, kecha ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori Jumaxon G‘iyosov Sputnik O‘zbekistonga Suriyadagi vaziyat jangarilarning qolgan qismini o‘zlarining xorijiy nuqtalarini faollashtirishga, boshqa davlatlarga chiqib ketib, u yerda yashirinishga majburlaganini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga ularning rahbarlari boshqaruv tizimini butun dunyo bo‘ylab hujum uyushtirishga yetarli darajada saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, terrorchilar o‘zlarining har qanday sharoitlarga moslasha olishlarini namoyish etishmoqda, jumladan, kiberjinoyat va xakerlar hujumi faolligi kuchaygan.

Shunday qilib, “ID”* global tashkilotga aylanmoqda.

* “Islom davlati” (IShID, ID) – Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.