Toshkentda mast ota-ona 5 yoshli qizini o‘ldirib, murdasini o‘choqda yoqib yubordi

Toshkentda o‘z farzandi o‘ldirib, uni bedarak yo‘qolib qolganligini “sahnalashtirganlar” qo‘lga olindi. Ular farzandini do‘pposlab, qasddan o‘ldirganlar. So‘ngra murdani o‘choqda yoqishgan, yonmay qolgan qoldiqlari qopga solib, Chirchiq darosiga tashlab yuborishgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Toshkentda o‘z farzandi o‘ldirib, uni bedarak yo‘qolib qolganligini “sahnalashtirganlar” qo‘lga olindi.

Toshkent shahar prokuraturasi xabariga ko‘ra, 4-noyabr kuni fuqaro A.V. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, 5 yoshli qizi D.K.ni Bektemir tumanidagi “Compass” savdo majmuasida yo‘qotib qo‘yganligini ma’lum qilgan. Toshkent shahar prokuraturasi hamda IIBB qizchani topishga qaratilgan tadbirlarga zudlik bilan kirishgan.

Qayd etilishicha, A.V. va uning shar’iy nikohdagi eri M.F.ning ko‘rsatmalari shubha ostiga olingan. Qidiruv tadbirlariga qaramasdan qizaloq bir kun mobaynida topilmaganligi sababli, u qotillik jinoyati qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxmin o‘rtaga tashlangan va JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilufy/

Toshkentda mast ota-ona 5 yoshli qizini o‘ldirib, murdasini o‘choqda yoqib yubordi

Tezkor-tergov harakatlari natijasida aniqlanishicha, 25-oktabr kechasi er-xotin Sergeli tumanida ijarada yashab kelgan xonadonda spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. So‘ngra farzandini do‘pposlab, qasddan o‘ldirganlar.

Til ojiz: 5 yoshli qizalog‘ini o‘ldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qo‘lga olindi

So‘ngra qilmishlarini yashirish va jazodan qutulish maqsadida, murdani yo‘qotish payiga tushganlar. Uni yo‘l sumkasiga joylashtirib, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi ijara dala hovliga olib borishgan. Murda o‘choqda yoqilib, so‘ng yonmay qolgan qoldiqlari qopga solinib, Chirchiq darosiga tashlab yuborilgan.

Shundan keyin, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chalg‘itish va asl holatni yashirish maqsadida farzandi bedarak yo‘qolib qolganligini “sahnalashtirganlar”.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida D.K.ning murda suyaklari topilib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda A.V. va M.F.lar qotillikda gumon qilinib qo‘lga olingan. Tergov harakatlar davom ettirilmoqda,