TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Qirg‘iziston maxsus xizmat xodimlari “Hizb ut-Tahrir”* ekstremistik tashkilot yetakchilaridan birini qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston respublika milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga asosan xabar qildi.
“Qirg‘iziston MXDQ tezkor qidiruv tadbir davomida Bishkekda qo‘shni respublikalardan birining fuqarosi bo‘lgan “Hizb ut-tahrir” guruhi “amiri” bo‘lgan fuqaro “Sh.T.”ni qo‘lga oldi. U Qirg‘izistonda yashirin ekstremistik guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan”, - deyilgan maxsus xabarnomada.
Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs qo‘shni respublikada xalqaro qidiruvga e’lon qilingan.
“Sh.T. qalbaki pasportdan foydalangan holda yashirinib yurgan va Qirg‘iziston hududida ekstremistik faoliyatini olib borgan”, - deyilgan idorada.
Jinoiy qo‘zg‘atilib, fuqaro vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot