Olimlar saraton tarqalishining to‘xtatish usulini aniqlashdi

Ta’kidlanishicha, aksariyat hollarda saraton kasalligidan o‘lish saraton hujayralarining boshqa organlarga tarqalishi tufayli ro‘y beradi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Amerikalik olimlar miyada saraton hujaylarining tarqalishiga ko‘maklashuvchi oqsilni aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress portalida e’lon qilingan.

Gap CEMIP oqsili haqida bormoqda. Aniqlanishicha, oqsil miyadagi qon tomirlar va immunitetga ega hujayralarni yallig‘lanish molekulalarini ishlab chiqarishga undaydi.

Inson salomatligi uchun eng zararli mahsulot ma’lum qilindi

Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, CEMIPni to‘sib qo‘yish saratonning jalalash (metastaz) jarayonini to‘xtatib qo‘ygan.

Ta’kidlanishicha, aksariyat hollarda saraton kasalligidan o‘lish saraton hujayralarining boshqa organlarga tarqalishi tufayli ro‘y beradi. Eng xavfli holatlardan biri bu miyada jalalab ketishidir.

Olimlar CEMIP oqsilini nazorat qilish shifokorlarga saraton xastaligini davolashda va ularning rivojlanish xatarlarni prognozlashda yordam berishini taxmin qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransuz olimlari GDF11 oqsili qarishga qarshi kurashishi va tanani saraton kasalligidan himoya qilishini aniqlashgani xabar qilingan edi.