MDH va Afg‘oniston chegara xizmati rahbarlari O‘zbekistonda yig‘ilish o‘tkazadi

Toshkentda ShHT RATS ilmiy-amaliy konferensiya o‘tmoqda. Unda MDH chegara qo‘shinlari kengashi muvofiqlashtirish xizmati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekistonda Markaziy Osiyo, Rossiya va Afg‘oniston chegara xizmati rahbarlari beshinchi yig‘ilishi 2020-yil martda o‘tkaziladi. Bu haqda jurnalistlarga MDH chegara qo‘shinlari kengashi muvofiqlashtirish xizmati (ChQKMX) raisi Aleksandr Manilov ma’lum qildi.

Qirg‘izistonda “Hizb ut-Tahrir” guruhining “amir”lardan biri ushlandi

Manilov Toshkentda chorshanba kuni ochilgan ShHT mintaqaviy aksilterrorchilik ilmiy-amaliy konferensiya ChQKMX delegatsiyaga rahbarlik qildi.   

“Markaziy Osiyo mintaqasi MDH davlat chegara xizmati rahbarlari ishtirokida 2020-yil martda O‘zbekistonda yig‘ilish o‘tkaziladi. Shuningdek u yerga Afg‘oniston chegara idorasi vakillarni taklif qilish rejalashtirilmoqda”, - dedi Manilov.

O‘tgan yig‘ilish Dushanbeda shu yilning fevral oyida o‘tkazilgan.

Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida terrorizm tahdidi bilan bog‘liq dinamika katta o‘zgarishlarga duch kelmadi.

“Aksincha, tashvish uyg‘otadigan omillar mavjud, ayniqsa afg‘on yo‘nalishida”, - deb ta’kidladi Manilov.

Shuningdek, Afg‘oniston masalasi 2020-aprel Armanistonda MDH cheraga idora rahbarlari yig‘ilishida ham ko‘rib chiqiladi.

“Afg‘oniston shimoliy viloyatlarida jangarilarning katta guruhi qo‘nim topgan. Bu xavf tug‘dirmoqda, ayniqsa, MDH davlatlarga. Tojikiston, Turmaniston, O‘zbekiston yo‘nalishida”, - deb qo‘shimcha qildi Manilov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yettinchi ShHT RATS ilmiy-amaliy konferensiya o‘tmoqda.