Oyoq kiyimga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

O‘zbek-tojik chegarasini kesib o‘tayotgan shaxs o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zbekistonlik bojxonachilar e’tiborini tortadi. Ushbu shaxs oyoq kiyimi tovonida salkam 100 grammli tillo buyumini o‘tkazishga uringanligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona posti orqali respublikaga qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro o‘z xatti-harakatlari bilan bojxonachilar e’tiborini tortadi, xabar qiladi respublika Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot markazi.

O‘zbekistonda giyohvand moddalarining "mahoratli" savdogarlari qo‘lga olindi

Natijada, shubha ostiga tushgan shaxs belgilangan tartibda sinchkovlik bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Shaxsning kirdikorini rentgen qisqa fursatda fosh qiladi. Uning oyoq kiyimi tovon qismi ichiga umumiy qiymati 13,7 million so‘mlik 93 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari yashirganligi aniqlanadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.