AQSh Suriyaning neftli hududida 2ta yangi harbiy baza qurmoqda - OAV

Suriya neft konlaridan noqonuniy qazib olinayotgan neftdan AQSh oyiga 30 million dollar daromad olmoqda - Rossiya Mudofaa vazirligi.
Sputnik

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. AQSh Suriya shimolidagi neftga boy bo‘lgan Dayr az-Zor hududida ikkita yangi harbiy baza qurmoqda, deb xabar qildi Turkiyaning Anadolu agentligiga asoslanib RIA Novosti.

O‘zbekistonda 350 dan ortiq neft va gaz quduqlari ta’mirlandi

Mahalliy manbaaning xabariga ko‘ra, Amerika harbiylari Sur aholi punkti yaqinida harbiy baza qurishni boshlagan. U yerga 250-300 ga yaqin harbiylar va ko‘p miqdorda harbiy  va qurilish texnikasi yo‘naltirilgan.

Ayni damda  AQSh Suriyaning ayrim hududlarida o‘z qo‘shinlari sonini kamaytirgan bo‘lsa, boshqa hududlarda ko‘paytirdi. Xususan, Dayr az-Zorga yaqinda 170 ta harbiy texnika olib kelindi.

Biroz oldin AQSh prezidenti yangi harbiy bazalar neft konlarida xavfsizlini ta’minlash uchun xizmat qiladi, degan edi. Bugungi kunda AQSh Suriyaning eng yirik neft koni – Omardan harbiy baza sifatida foydalanmoqda. Undan tashqari AQShning Dayr az-Zorning boshqa hududlarida ham yana 3ta bazasi bor.

Neft, viza va kosmos: Rossiya va Saudiya Arabistoni 20 tadan ortiq hujjat imzoladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligida ushbu xabarga salbiy izoh bildirishdi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin aytishiga ko‘ra, Suriya hududida Suriya hukumati bilan kelishilmagan holda xorijiy davlat tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday harakatlar – xalqaro qonunlarga zid hisoblanadi.

Bundan oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya neft konlaridan noqonuniy qazib olinayotgan neftdan AQSh oyiga 30 million dollar daromad olayotganini xabar qilgan edi.

Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev aytishiga qaraganda, Suriya hududidagi barcha neft konlari Bashar Asad hukumati tomonidan boshqarilishi kerak.