"Sog‘lom bo‘lay desang - yugur!": Samarqand xalqaro yarim marafonining yorqin lahzalari

Sputnik

Butun dunyodan turistlarni o‘ziga ohanrabodek tortadigan Samarqandning qadimiy obidalari bo‘ylab yugurish, sog‘lom hayot tarafdorlari so‘zlariga ko‘ra, katta zavq bag‘ishladi.

Saida Mirziyoyeva ko‘zi ojiz inson hayotining o‘n daqiqasini ta’sirli tasvirladi

Yarim marafonda tajribali sportchilar bilan bir qatorda havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etishdi va o‘z imkoniyatlariga qarab - 21 kilometr va 10 kilometr masofaga yugurdilar. Ikki kilometrlik masofada ham o‘zini sinaganlar ko‘pchilikni tashkil etdi.

Yarim marafondan tushgan mablag‘ Toshkent teatrlarining birida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihaga sarflanadi. Ushbu dasturga ko‘ra, ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun O‘zbekistonda birinchi marta tiflosharhlash texnologiyasi qo‘llaniladi. Texnologiya ekranda, suratda yoki sahnadagi narsalar, ko‘rinish va voqealarni ovoz sifatida qisqa, lekin batafsil tushuntirib berishga imkoniyat yaratadi.

Yarim marafonning eng yorqin lahzalarini Sputnik O‘zbekiston muxbiri fotolentasida tomosha qiling.

1 / 16
Yarim marafon Registon maydonida tashkil etildi.
2 / 16
Tadbir xavfsizligi uchun Milliy gvardiya va turizm politsiyasi xodimlari javob berdilar.
3 / 16
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, yarim marafon O‘zbekistondagi eng yirik musobaqa ekanligini qayd etgan holda, chet davlatdan ham yuzdan ortiq yuguruvchilarni jalb qilgan ushbu tadbirni ochiq, deb e’lon qildi.
4 / 16
Samarkandskiy polumarafon 2019
5 / 16
Tashkilotchilar ushbu yarim marafonni har yili o‘tkazishni rejalashtirmoqda, va keyingi yillarda xorijiy davlatlardan kelayotgan yuguruvchilar va mehmonlar soni ortishi kutilmoqda.
6 / 16
Samarkandskiy polumarafon-2019
7 / 16
Yarim marafonda mashhurlar va o‘z tezligini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan fuqarolarni bir maydonda to‘pladi.
8 / 16
Yarim marafon ommaviy tadbirlar standartlari bo‘yicha tashkil etildi va barcha qulayliklar yaratildi. Medallar, madaniyat dasturi, issiq choy va boshqa barcha qulayliklar xalqaro darajada tashkil etilgandi.
9 / 16
Ishtirokchilar nomerlari va brasletlari tayvik materialidan tayyorlangan – bu maxsus sintetik to‘qima bo‘lib, yirtilmaydi va suvga chidamli.
10 / 16
Yarim marafon masofasini o‘tish uchun maksimal vaqt - 3 soat. 10 km – 1 soat 40 daqiqa. 2 km – 20 daqiqa. Ishtirokchi faqat ajratilgan vaqt limitiga ulgurgan holda medalga ega bo‘ladi.
11 / 16
Yugurish natijalari MyLaps elektron xronometrajli tizimi, shuningdek, hakamlar va video ro‘yxatga olish tizimi yordamida aniqlanadi. Ushbu elektron tizim barcha xalqaro marafonlarda ishlatiladi.
12 / 16
Samarqand yarim-marafonida 1429 kishi qatnashdi.
13 / 16
Loyihani amalga oshirish maqsadida 16 yoshdan katta bo‘lgan 400 nafar ko‘ngillilar jalb qilingan. Ular Samarqand yashovchilari, loyiha maqsadlariga befarq bo‘lmagan yoshlardan iborat.
14 / 16
Poyga mavzusi - har bir kishi uchun mavjud bo‘lgan madaniyatni ilgari surish edi. Samarqand yarim marafoni g‘oliblari maxsus Brayl shriftida yozilgan yozuvli medallar bilan taqdirlandilar. 21 km medallar metalldan tayyorlangan, diametri 10 santimetr, og‘irligi sezilarli darajada. 10 va 2 km medallar diametri 6 sm.
15 / 16
G‘oliblarga medallar, gullar va pul mukofotlari tantanali ravishda topshiriladi, yosh toifasidagi g‘oliblar esa homiyladan qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritdilar.
16 / 16
Samarkand Half Marathon qatnashchilari.