Saida Mirziyoyevani hamkasblari va yaqinlari tavallud ayyom bilan tabriklashdi

Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida singlisi bilan bir paytlardagidek dildan suhbatlashishga endi vaqt yetmayotgani va bundan ko‘pincha xomush tortishi haqida yozgan
Sputnik

TOShKENT, 4 noya - Sputnik. Bugun prezidentning to‘ng‘ich qizi - Saida Mirziyoyevaning tavallud ayyomi. Hamkasblari va yaqinlari ijtimoiy tarmoqlarda uni tavallud ayyomi bilan qutlashdi. Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida eng birinchilardan bo‘lib Saidaning singlisi - Shahnoza Mirziyoyeva tabrik so‘zlarini joyladi.

Saida Mirziyoyeva yoshlarni Beshta tashabbusni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga chaqirdi

"Biz ulg‘aydik, turfa tashvishlar paydo bo‘ldi, sizning o‘rningiz menga juda bilina boshladi va ba’zan bundan ranjirdim ham, lekin Yaratgan, ayni o‘zingiz bo‘lgan jajjigina Rankani yuborib, menga baxt ato etdi! Endi bir bo‘lagingiz hamisha meni yonimda )))))", - deb yozgan Shahnoza o‘zining Instagramida.

Tabriklarga Shahnozaning turmush o‘rtog‘i - Otabek Umarov ham qo‘shilgan. U Saidaga hamisha shunday - irodali, mehribon va o‘ziga ishongan bo‘lib qolishlikni tilagan.

Saida Mirziyoyevani hamkasblari va yaqinlari tavallud ayyom bilan tabriklashdi

"Siz men uchun qadrli bo‘lgan akajonimning quvonchi, suyukli rafiqasisiz. Farzandlaringiz Miromon va Saodatxonlar doimo o‘z yutuqlari bilan ko‘nglingizni tog‘dek ko‘tarib yurishlariga tilakdoshman! Omad, quvonch va mehr hayotingizda hamisha hamroh bo‘lsin", - deb ta’kidlagan Umarov.

Shuningdek, AOKA rahbari Komil Allamjonov, aktrisa Ra’no Shodiyeva va boshqa ko‘plab ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari Saidaga o‘z dil izhorlarini yozib qoldirganlar.