O‘ldirilgan jurnalistlarning 90 %i korrupsiyaga qarshi kurashgan - YuNESKO

Arab davlatlari, Lotin Amerikasi va Osiyo-Tinch okeani hududi - BMT jurnalistlar uchun  eng xavfli mamlakatlarni sanab o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Xalqaro jurnalistlar kuni arafasida - BMT  jurnalistlar uchun dunyodagi eng xavfli mamlakatlarni sanab o‘tdi, YuNESKO xabariga asosan.

Jamol Xashoggi qotilligida saudiya bosh konsulining qo‘li bor - OAV

Dunyo bo‘yicha 2014 – 2018-yillar orasida 1109ta jurnalist qurbon bo‘lgan. Bu oldingi besh yillikka nisbatan 18 %ga ko‘p. Eng achinarlisi shundaki – ushbu jinoyatlardan 90 %i jazosiz qolgan.

Jurnalistlar uchun eng xavfli hudud – bu arab davlatlari deyilgan hisobotda. U yerda yuqorida qayd etilgan qotilliklarning 30 % amalga oshirilgan. Ikkinchi o‘rinda – Lotin Amerika davlatalari – 26 %.  Uchinchi o‘rinda – Osiyo-Tinch okeani hududi.

Oldin aksariyat jurnalistlar qaynoq nuqtalarda vafot etgan bo‘lsa, endi ushbu manzara sezilarli darajada o‘zgargan. Hisobotda qayd etilgan jurnalistlarning 93 % mahalliy  jurnalistlar bo‘lib ular korrupsiyaga qarshi kurash va yuqori lavozimli shaxslarning vazifasini suiste’mol qilishiga qarshi reportajlar tayyorlash  vaqtida qurbon bo‘lgan.

Yunesko direktori Odri Azule  aytishiga qaraganda jurnalistlar o‘limida aybdorlarni jazosiz qoldirish yangi jinoyatlarga olib kelishi mumkin, bunday tartibni o‘zgartirish vaqti kelgan.

MDH davlatlarida jurnalistlar vafot etishi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar qayd etilgan: Rossiyada 1996-yildan boshlab 34ta jurnalist, Ukrainada 1995-yildan boshlab 16ta jurnalist, Ozarbayjonda – 3ta jurnalist qurbon bo‘lgan.