Samarqandda yarim marafon bo‘lib o‘tmoqda

Marafon yo‘nalishi Samarqand  shahar markazi bo‘ylab eng chiroyli tarixiy obidalar oldidan o‘tishi barcha marafonchilar uchun sovg‘a bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Samarqand shahrida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilingan Birincha Xalqaro xayriya yarim marafoni boshlandi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Marafon masofalari 2, 10 va 21 kilometr bo‘lib unda 28 mamlakatdan 1700 dan ortiq kishilar ishtiro etmoqda. Marafonchilar orasida xorijlik mehmonlar, taniqli tadbirkorlar, hokimlar va vazirlar ham bor.

Ushbu marafon O‘zbekistonda birinchi xayriya marafoni bo‘ldi. Unda jamlangan mablag‘lar nogiron kishilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yartishga sarflanadi. Yarim marafonda ko‘zi ojiz nogriron inshtirokchilar uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan.

Marafon yo‘nalishi Samarqand  shahar markazi bo‘ylab eng chiroyli tarixiy obidalar oldin o‘tishi barcha marafonchilar uchun yana bir sovg‘a bo‘ldi. Marafon finish nuqtasi Registon maydonida joylashgan.

Samarqandda yarim marafon bo‘lib o‘tmoqda