TOShKENT, 2 noya — Sputnik. ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkaziladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
“Biz ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi ShHT hukumat rahbarlari yig‘ilishida.
O‘zbekiston bosh vaziri hindistonlik hamkorlarni “bu mas’uliyatli missiya” bilan tabrikladi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kirgan. 2017-yilda ShHTga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda ShHTda kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Tashkilotning kotibiyati Pekinda, mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma Toshkentda tashkil etilgan.