Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev kun davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Tojikiston bosh vazirlarini qabul qildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev kun davomida ShHT sammitida ishtirok etish maqsadida Toshkentga yetib kelgan 4 mamlakati bosh vazirlarini qabul qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin bilan uchrashuv chog‘ida o‘zaro savdo hajmi ortib, investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlik kengayib borayotgani hamda O‘zbekistonda o‘tayotgan Qozog‘iston yili doirasida hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi

Qirg‘iz Respublikasi bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyev bilan bo‘lgan suhbatda O‘zbekiston prezidenti respublikalar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, agrosanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi

Undan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashib, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, madaniy-gumanitar sohalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi

Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumas bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surishdan, shuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi

Joriy yil avgust oyiga Belarusga amalga oshirilgan oliy darajadagi rasmiy tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.