Samarqandda yetim bolani xo‘rlagan bezorilarga hukm o‘qildi

Samaqandda yetim bolani xo‘rlab, videosini ijtimoiy tarmoqlarga chiqargan bezorilar 11-12 sutkaga qamaldi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Kecha 31-oktabr kuni Samarqand shahar ma’muriy sudining ochiq sud majlisida bezorilik  ishi ko‘rib chiqildi, Zarnews xabariga asosan.

Ahmadboy ishi bo‘yicha uchinchi sud hukmi e’lon qilindi

Sud majlisida fuqaro H.I. ga nisabatan Ma’muriy javobgarlik kodeksning 183, 195 va 194-moddalariga asosan (Mayda bezorilik, Ichki ishlar organlari xodimiga xizmat vazifasini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) aybdor deb topilib, 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ikkinchi fuqaro I.Z.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksning yuqoridagi bandlariga asosan 11 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi Hazora mahallasida bir necha yoshlar yoshi ulardan kichikroq bolaning ustidan mazax qilib kaltaklanayotgani aks etgan video paydo bo‘lgan edi. Video internetda keng tarqalib jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan, fuqarolar ushbu bezorilarga nisbatan chora ko‘rishni talab qilishgan edi.