Toshkentdagi YTHda 19 yoshli yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumdi

Toshkentning Yashnobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda “Matiz” avtomobilining 19 yoshli yo‘lovchisi olgan jarohatlari tufayli hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Toshkentning Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida ro‘y bergan YTH oqibatida 19 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq fuqaro transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi

IIBB xabariga ko‘ra, hodisa 30-oktabr kuni sodir bo‘lgan. “Neksiya” avtomobili haydovchisi Salim R. svetoforda to‘xtab turgan Akromjon Ch. boshqaruvidagi “Matiz” bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada zarbadan “Matiz” yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanib kelayotgan Ahrolbek Yu. boshqaruvidagi “Spark” bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Akromjon Ch. tan jarohatlari olib, tibbiy yordamga murojaat qilgan. “Matiz” avtomobilining 19 yoshli yo‘lovchisi Daniyel A. olgan jarohatlari oqibatida hodisa joyida halok bo‘lgan.