O‘zbekiston va YeOII

YeOIIdan SSSRning hidi kelmaydi – ekspertlar bahsi nima bilan tugadi

O‘zbekiston YeOIIga kirsa ichki bozorda raqobat kuchayadi, monopoliyalar barham topadi -bundan qo‘rqish kerak emas. “Issiqxona” sharoitida hech kim yaxshi rivojlanmagan, aksincha, raqobatbardosh bo‘lganlar kuchaygan.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. “O‘zbekiston 24” telekanalida 30-oktabr kuni bir guruh ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonning YeOIIga kirish masalasiga bag‘ishlangan bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

YeOII va JST: O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi tayyorlandi

“Qarama-qarshi” ko‘rsatuvining ushbu sonida O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi-olimlari, vazirlik va davlat qo‘mitalarining yetkchi mutaxassislari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili, “Milliy tiklanish” partiyasi a’zolari va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Munozaralarda ekspertlar YeOIIga kirishning afzallik tomonlari ko‘p ekanini qayd etishdi:

  • Mehnat migrantlari ijtimoiy va huquqiy himoyasi yaxshilanadi;
  • Ularning har birida yiliga 1700 $ atrofida mablag‘ tejash imkoni paydo bo‘ladi;
  • O‘zbekistonda berilgan diplom, sertifikatlar Rossiyada tan olinadi. Bu fuqarolarga Rossiyada yuqoriroq lavozimlarda ishlashi, balandroq maosh olishiga imkon yaratadi;
  • O‘zbekiston mahsulotlari uchun 185 million kishili bozor ochiladi;
  • O‘zbekiston ichki bozorida raqobat kuchayib mahsulotlar sifati yaxshilanadi;
  • O‘zbekiston tashqi savdosining asosiy savdo hamkorlaridan  bo‘lgan Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilish yanada osonlashadi;

YeOIIga kirishga qarshi bo‘lgan, ikkinchi guruh mutaxassislar YeOIIga kirishning salbiy tomonlarini ham topishga harakat qilishdi. Ular quyidagilarni sanab o‘tishdi:

  • Rossiyaga qo‘lladigan sanksiyalar YeOII davlatlariga ham ta’sir ko‘rsatishini;
  • O‘zbekistonning YaIMi miqdori Rossiyaga nisbatan juda kamligini;
  • YeOII siyosiy  bosim o‘tkazish mukinligini;
  • O‘zbekiston iqtisodi hali zaifligini;  

Qarshi guruh ekspertlari yuqoridagi omillar tufayli O‘zbekiston YeOIIga kirshga shoshilmaslik kerakligini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng zalda bo‘lgan ishtirokchilar orasidan ham olimlar va mutaxasisilar o‘z fikrlarini bildirishdi. Ulardan eng qiziqlarini keltirib o‘tamiz:

Yevropa ittifoqi Toshkentning YeOII va JSTga qo‘shilishida muammoni ko‘rmayapti

* 1991-yildan beri NATO, YeI va ShHT va IHT bilan xamkorlik kilib kelayapmiz, lekin xech kimga bosh egib kolganimiz yuk. Xamma tashkilotlar bilan o‘z manfaatlarimiz yo‘lida hamkorlik qilib kelmoqdamiz. 

* Iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra, har bir mamlkat iqtisodiy jihatdan ixtisoslashishi kerak. Bugungi kunda O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istonga asosan to‘qmiachilik va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib bermoqda. Demak biz shu sohalarda ixtisoslashsak muvaffaqiyatga erishamiz dedi ekspertlardan biri.

* Ma’lumki ikkita bir xil mahsulot sotadigan davlat hamkorilik qila olmaydi. Lekin YeOII davlatlari orasida bizning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibimiz yo‘q. Rosiyaning asosiy eksport mahsuloti energiya manbaalari bo‘lsa, O‘zbekistonniki -  to‘qmachilik va qishloq xo‘jaligi.

- * YeOIIdan SSSRning hidi kelmaydi. Bu boshqa xid. Bu jihatdan xavotir olish kerak emas, dedi Tohir Malikov Iqtisod fanlari doktori.  

* YeOII tarkibida raqobat kuchayadi, lekin bundan qo‘rqish kerak emas. Issiqxona sharoitida hech kim yaxshi rivojlanmagan. Raqobatbardosh bo‘lganlar kuchaygan.

* Uzoq kelajak nima olib kelishini aytish qiyin lekin bugungi real vaziyat bizga  ushbu ittifoqqa kirish kerakligini ko‘rsatayapti.

Mirziyoyev bosim ostida egiladigan siyosatchi emas - Safoyev YeOII muzokaralari haqida

* O‘zbekiston atrofidagi davlatlar YeOIIga a’zo bo‘lib bo‘lgan. Bizning dengizga chiqish yo‘limiz ham yo‘q, Rossiyaga bormoqchi bo‘lsak ham Qozog‘istonni kesib o‘tishimiz kerak. Shuning uchun ham biz o‘rtada joylashgan bo‘la turib atrofimizdagi integratsiyadan chetda qola olmaymiz.

* O‘zbekiston manfaati albatta birinchi o‘rinda. Biz iqtisodimizni, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni 28-yil himoya qildik, lekin bu qanday natija berdi? O‘zimiz ishlab chiqarayotgan avtomobillarni xalqimizga xorijdagidan qimmatga sotayapmiz.  Kiyib yurgan kiyim-boshining 50 % dan ortig‘i xorijda ishlab chiqilgan va ho kazo.

Xulosa qilib aytish mumkinki, 2 soatga yaqin davom etgan munozara yakunida tarozining YeOIIga qo‘shilish uchun kelitirilgan omillar solingan pallasi katta ustunlik bilan tosh bosdi desak xato bo‘lmaydi. Buni ekspertlarning o‘zlari ham qayd etishdi.

Shuningdek teleekran ostida aks etib turgan sms ovoz  berishda ham 80% ovozlar YeOIIga qo‘shilish uchun 20 % esa qarshi berilgan ovozlar bo‘ldi.