O‘zbekiston hukumati qurigan hududda yaylov va o‘rmonzorlar yaratishga qaror qildi.
Sputnik muxbiri Orol dengizi qurigan sathining "0" nuqtasida bo‘ldi.
Vaziyat hududda yaxshilanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbari Qahramon Sariyevning so‘zlariga ko‘ra, Mo‘ynoq tumanida qator korxonalarning ishga tushirildi – ulardan to‘qimachilik fabrikasi va baliq konservalari kombinati. Bundan tashqari, qamishdan DSP ishlab chiqariladigan zavod qurilmoqda. Odamlar hududga qaytishni boshladi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Orol dengizi 1960-yilga qadar dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l edi. So‘nggi 55-yil ichida dengiz maydoni deyarli uch baravar kamaydi, suv sathi 29 metrga pasaydi, suv hajmi 15 baravar kamaydi, sho‘rlanish oshib, baliq yo‘qolib ketdi.