Bosh vazir nomzodi qanday tasdiqlanadi? Vazirlik asossiz so‘rov yuzasidan bayonot berdi

Telegramdagi kanallarning birida ayrim mansabdor shaxslardan qaysi birining bosh vazir bo‘lishi mumkinligi haqida so‘rov o‘tkazilgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Adliya vazirligi bosh vazirni tasdiqlash tartibi haqida ma’lumot tayyorladi.

Deputat Qobul Do‘sov Yashnobod tuman aholisi bilan janjallashdi

Hozirda Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda.

Vazirlik ma’lumotida aytilishicha, bu jarayonda ayrim bloger va OAVlar tomonidan qonunchilikka zid ma’lumot tarqatish, har xil asossiz so‘rovlar o‘tkazish holatlari uchramoqda. Xususan, telegramdagi kanallarning birida ayrim mansabdor shaxslardan qaysi birining Bosh vazir bo‘lishi mumkinligi haqida so‘rov o‘tkazilgan. Bu kabi holatlar odamlar orasida turli mish-mishlar kelib chiqishiga va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, amaldagi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan bosh vazirni tasdiqlash tartibi haqida ma’lumot tayyorlandi.

"O‘zbekiston Konstitutsiyasiga asosan Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan Prezidentga ko‘rib chiqish uchun taklif etiladi.

Deputat Kalonov O‘zLiDeP partiyasini bir jinsli nikohlarni propaganda qilayotganlikda aybladi

Bunda, Prezident taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin uni Oliy Majlis palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun kiritadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

Ya’ni, Bosh vazirni tasdiqlash jarayoni aniq tartibga solingan bo‘lib, unda nafaqat saylovlarda ko‘p ovoz olgan partiyaning fikri, balki Prezident, senatorlar va boshqa deputatlarning fikri ham hal qiluvchi ahamiyatga ega”, - deyilgan xabarda.