TOShKENT, 29 okt – Sputnik. LDPR fransiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy Davlat dumasida aqidaparat (fanatik) odamlar butun insoniyat xavf manbai bo‘lishini aytdi. Bu haqda siyosatchi o‘z telegramm-kanalida yozdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Jirinovskiy ta’kidlashicha, 16 yoshli shvetsiyalik faol Greta Tunbergdan ilhomlangan ko‘plab odamlar global issiqlikni sekinlashtirish kerakligi haqida aytmoqda. Biroq uning fikriga ko‘ra, ular odamzodning bir qismini yo‘q qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan usullarni targ‘ib qilishmoqda.
Ishlab chiqarishni cheklash - ocharchilikni, tovarlar va uylarni issiqlikni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan energiyani tanqisligini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi LDPR raisi.
Jirinovskiyning fikriga ko‘ra, insoniyat uchun zarba berish maqsadida aqidaparatlardan foydalanilmoqda, "inson huquqlarini himoya qilish va tazyiqlarga qarshi kurash mavzusi ham xuddi shu maqsadda ishlatiladi".
“Bu juda to‘g‘ri fikrlar, ular chiroyli eshitiladi, odamlar his-tuyg‘ulariga ta’sir qiladi, ammo keng ko‘lamli kampaniyalarning maqsadi butun insoniyatga zarba berish, tug‘ilishni pasaytirish va dunyo aholisini kamaytirishdir”, - deb yozgan siyosatchi.
Manfaatdor shaxslar o‘z siyosiy ambitsiyalarni hayotga tatbiq etish uchun dunyo aholisini 500 million kishiga qisqartirishga tayyor, chunki ularni boshqarish 7-8 milliardga qaraganda osonroq bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi Jirinovskiy.