TOShKENT, 29 okt – Sputnik. O‘zbekistonda foydalanishda bo‘lgan avtomobillarni sotib olishga ixtisoslashgan birinchi “Trade-in” markazi ochilishi munosabati bilan ko‘pchillik endi avtomobil bozorlari yopilishi mumkin degan xayolga borgan bo‘lishi mumkin. Ushbu vaziyat borasida izoh olish maqsadida Sputnik Rossiyada taniqli avtoekspert Aleksandr Dobinga murojaat qildi.
Ekspert fikriga ko‘ra, avtomobil bozori va treyd-in – bu mutlaq turli tizimlar va ular bir-biriga xalal bermaydi.
Treyd-in – bu eski avtomobilning qiymatini hisobga olgan holda, uning o‘rniga yangi avtomobil sotib olish tizimidir. Bozor esa – eski avtomobildan to‘liq voz kechish, uni pulga almashtirish tizimidir, deydi ekspert.
Har doim ham eski mashina sotgan kishilar yangi avtomobil sotib olishni rejalashtirmagan. Ushbu ikkala tizim orasida raqobat yo‘q. Ular bir-biri bilan yonma-yon kun kechirishlari mumkin.
Boshqa tomondan qarganda, treyd-in tizimidan foydalanganda xaridorlar uchun eski avtomobilni sotish jarayoni sezilarli darajada osonlashadi. Ular avtomobilni bozorga tayyorlash, hujjatlarni rasmiylashtirish kabi jarayonlardan xalos bo‘lishadi. Lekin kompaniya o‘zining ushbu xizmatlari evaziga avtomobil qiymatini kamroq hisoblaydi.
Avtomobil bozorda mustaqil ravishda sotilganida, vazifa ancha yengillashadi. Uning egasi sotish jarayoninida to‘liq ishtirok etishi, mavjud xavflar bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi. Bu albatta ortiqcha yugur-yugur va noqulaylik tug‘diradi.
Avtomobil bozori va Treyd-in bir biri bilan yonma-yon faoliyat yuritishi mumkin. Avtosalonlar eski avtomobillar o‘rniga yangisini sotishni boshlaydi. Eskilarini esa alohida maydonlarda savdoga chiqaradi. Shunday qilib bozor ham joyida qoladi, treyn-in ham paydo bo‘ladi, deydi ekspert.