O‘zbekistonda AES qurilishida Koreya Respublikasi tajribasi qo‘llanilishi mumkin

O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi bilan yadroviy energetika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekistonlik mutaxassislar Koreya Respublikasining atom elektr stansiyalarini qurish va foydalanishdagi tajribasini o‘rganishni maqsad qilib olgan, xabar qiladi Energetika vazirligi.

“Uzatom” agentligi direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasida yadroviy energetika sohasida hamkorlik imkoniyatlarini va atom elektr stansiyalari qurilishi tajribasini yaqindan o‘rgandi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasining KEPCO, S&K Engineering and Construction, Hyundai Engineering, Doosan Heavy Industry kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi va bir qancha, jumladan, quyosh va shamol elektr stansiyalariga tashrif buyurdi.

Tonnalab iqtisod: “Uzatom” rahbari AES qurilishi xususida

Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli ikkita energoblok qurishi rejalashtirilgan. O‘tkazilgan ilmiy izlanishlardan so‘ng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonko‘l yaqinidagi hudud tanlangan.

Lixachov: xalqaro atom loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qo‘shimcha impuls beradi

Korporatsiya direktori A.Lixachovning joriy yil 14-oktabrdagi qilgan bayonotiga muvofiq, O‘zbekiston bilan yil yakuniga qadar AES qurilishi bo‘yicha qolgan zarur hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lixachovning sentabrdagi ma’lumotiga ko‘ra, "Rosatom" 2020-yil boshida stansiya qurilish ishlarini boshlab yuborishni rejalashtirgan. Bundan bir necha oy muqaddam - iyun so‘ngida esa rossiyalik “Atomstroyeksport” (“Rosatom” tarkibiy qismi) qurilish ishlari bo‘yicha muhandislik-qidiruv ishlarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan edi.