FSB o‘z kursdoshlarini o‘ldirmoqchi bo‘lgan talabani qo‘lga oldi  

Moskva viloyatidagi texnikumlardan birining talabasi o‘z kursdoshlari va o‘qituvchilarini o‘ldirish maqsadida qurol sotib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati Moskva viloyatida kursdoshlari va o‘qituvchilarini o‘ldirmoqchi bo‘lgan texnikum talabasini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kollej talabasi niqobli bosqinchilikda ishtirok etdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Luxovisk qishloq xo‘jaligi va sanoat texnikumining talabasi 2018-yildan buyon yotoqxonadagi qo‘shnilari, kursdoshlari va o‘qituvchilari bilan mojaroli munosabatda bo‘lgan. Navbatdagi janjaldan so‘ng talaba ularni o‘ldirishga qasd qilgan va ushbu  maqsadida qurol qidirgan. Shuningdek u o‘q-dori va portlovchi moddalar ham qidirgan va o‘zining ushbu harakatlari bilan xavfsizlik xizmati diqqatini tortgan.

Qo‘lga olish vaqtida uning yonidan Makarov pistoletiga o‘xshash pistolet topilgan. Ayni damda unga nisbatan Rossiya JKning “Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish”, “ikki yoki undan ortiq kishini o‘ldirishga harakat qilish” kabi bandlari asosida jonoyat ishi ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada so‘nggi vaqtlarda maktab va kollej o‘quvchilari orasida o‘z sinfdoshlariga tajovuz qilish holatlari ko‘plab uchramoqda. 2018-yilning 17-oktabrida Kerch shahrida 18 yoshli kollej talabasining hujumi oqibatida 22 kishi qurbon bo‘lgan edi.