Mintaqaviy birlashuvlar ortida sobiq ittifoqni qayta tiklash kabi loyihalar yo‘q - Zatulin

RF Davlat dumasi MDH ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin YeOII doirasida integratsiya qanday davom etishi kerakligi xususida mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Ekspert fikricha, Yevroosiyo iqtisodiy  ittifoqi doirasida integratsiya “shved stoli” formatida faoliyat yuritishi noto‘g‘ri. Ya’ni bu jarayonda “uni xohlayman-buni xohlamayman” turidagi munosabat o‘rinsiz.

Medvedev O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi bo‘yicha AQSh vaziri so‘zlariga javob qaytardi

“Menga sutning qaymog‘iyu senga sutning qoldig‘i qabilidagi yondashuv yaramaydi, albatta. Integratsiya iqtisodiy bo‘lsa-da, u yaqindan siyosiy hamkorlikni, qo‘shimcha mexanizmlarni shakllantirishni talab qiladi. Allaqachon ishlayotgan Yevroosiyo komissiyasi faoliyatining o‘zi yetarli emas. Integratsiya kompleks ravishda barcha sohalarda amalga oshirilishi kerak. YeOII doirasida nafaqat iqtisodiyot va balki siyosat xususida ham so‘z yuritish kerak. Ayrimlar siyosiy birlashuv ortida sobiq sovet ittifoqini qayta tiklash loyihasini yoki shunga o‘xshash vazifani ko‘ra boshlaydi. Lekin bizning bunday na maqsad va na vazifamiz bor”, - dedi deputat “Moskva-Bishkek-Yerevan-Minsk-Nur-Sultan” videoko‘prigi davomida.

Shuningdek, Zatulin YeOIIga o‘xshash birlashmalar allaqachon mavjudligiga alohida e’tibor qaratib, Yevropa ittifoqini misol tariqasida esga oldi.

Mintaqaviy birlashuvlar ortida sobiq ittifoqni qayta tiklash kabi loyihalar yo‘q - Zatulin