AQSh “ID” yetakchisi o‘ldirilganini isbotlashi kerak – Rossiya mudofaa vazirligi

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili AQSh terrorchilarning yetakchisi yo‘q qilinganini isbotlashi kerak deb aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi “Islom davlati”* yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabarni shubha ostiga oldi. Bu haqda RT Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkovga asosan xabar qildi.

Ramzan Qodirov al-Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Shubhaning asosiy sababi – AQSh maxsus amaliyot o‘tkazgan hududida terrorchilik tashkilotlarning qarama-qarshiligi.  

Mudofaa vazirligining vakili “Suriya hukumati tomonidan nazorat qilinmagan Idlib dekalatsiya zonasining butun hududi "Al-Qoida" ning Suriyadagi bo‘limi - "Jabhat an-Nusra" terrorchilik guruhi tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi” deb eslatdi.

Konashenkov ushbu guruhlar a’zolari Suriyada hokimiyat uchun kurashayotgani, bir-birlarining vakillarini murosasiz yo‘q qilayotgani sababli ochiq qarama-qarshilik holatida ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Ushbu dalillar bilan bog‘liq holda, Suriyaning “Al-Qoida" tomonidan boshqariladigan hududda IShIDning sobiq rahbari tinch yurishi - hech bo‘lmaganda AQSh yoki amaliyotning boshqa ishtirokchilarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillarni talab qiladi", - deydi vakil.

OAVda AQSh Suriyada “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazgani va buning natijasida u yo‘q qilingani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot