Tramp: al-Bag‘dodiy o‘ldirildi

AQSh prezidenti Donald Tramp “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti yetakchisi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Trampning so‘zlariga qaraganda, terrorchi AQShning Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yo‘q qilingan. Amerikalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan.

Shuningdek, Tramp maxsus amaliyotning tafsilotlarini ochiqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, “IShID” rahbari harbiylardan yer ostidagi tunnelda yashirinishga uringan va o‘zini portlatib yuborgan. Natijada ko‘plab terrorchilar yo‘q qilingan. Harbiylar 11 nafar bolani ozod qilishgani aytgan.

Al-Bag‘dodiy yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin joyda olingan video paydo bo‘ldi

AQSh prezidenti Rossiya, Turkiya va Iroqga “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti yetakchisini yo‘q qilishda yordam berganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zi nazorat qilayotgan Suriyadagi hududga Amerika vertolotlarini o‘tkazib yuborib, juda yaxshi ish qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda AQSh Suriyada “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazgani va buning natijasida u yo‘q qilingani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi va ammo ushbu xabar rasman tasdiqlanmagan edi.

Checheniston rahbari “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti yetakchisining yo‘q qilingani haqidagi xabarga munosabat bildirib, mashhur rus adibi Nikolay Gogolning “Taras Bulba” asaridan iqtibos keltirdi. Shuningdek, u agar terrorchilarni yaxshi va yomonga ajratishda davom etilsa, al-Bag‘dodiyning o‘limi hech narsani o‘zgartirmasligini qo‘shimcha qilgan.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.