Samarqand aeroporti yangi terminali qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi - foto

Qo‘shimcha terminal xalqaro talablarga to‘laligicha javob beradi va soatiga 600 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroporti yangi terminali loyihasini tanladi, deb xabar berildi "O‘zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" dasturida.

Shveysariya kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport terminalini quradi

"Qo‘shimcha terminal dizayni o‘tmish va kelajak sintezini o‘zida mujassamlashtiradi, shuningdek, xalqaro talablarga javob berib, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi", - deyiladi xabarda.

Avgust oyida Samarqand aeroporti ta’mirlash ishlaridan keyin ochilgan edi. Aerobandargohning to‘liq rekonstruksiyasi 2022-yil bahorida - Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida yakunlanishi kutilmoqda.

Sal oldin Samarqand viloyatidagi 13 ta obyekt atrofida bepul va pulli Wi-Fi zonalari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Bepul Wi-Fi xizmati temir yo‘l vokzallarida tashkil etilgan bo‘lsa, pulli va bepul Wi-Fi zonalari Samarqand xalqaro aeroporti va yana o‘ndan ziyod obyektlarda tashkillashtirilgani aytilgandi.