Qoyil: Yaponiyada ikki dona xurmo 6,5 ming dollarga sotildi

Yaponiyada markaziy bozorlardan birida “tenkafubu” navli xurmoning ikki donasi 700 ming iyenga (6,5 ming dollar) sotildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Yaponiyaning Nagoya shahridagi markaziy bozorda “tenkafubu” navli xurmo ikki donasi 700 ming iyenga (6,5 ming dollar) sotildi. Bu haqda RIA Novosti NHK telekanaliga asosan xabar qildi.

Eng foydali quritilgan meva – parhezshunos-shifokor maslahati

“Tenkafubu” nomini Yaponiya tarixidagi eng buyuk va mamlakatni birlashtirgan davlat arboblaridan biri hisoblangan Oda Nabunagi muxridagi yozuvdan olgan, bu xurmo ilk bor 2016-yilda sotuvga qo‘yilgan edi.

U vaqtda uning maksimal narxi 320 ming iyen (3 ming dollar) bo‘lgan. Bir dona xurmoning og‘irligi 300 gramm. “Tenkafubu” navini yetishtirish uchun 11-yil ketgan.

Sotilgan xurmo tarkibida shakar Briks shkalasi bo‘yicha 25 darajaga ko‘p, oddiy xurmolarda esa shakar miqdori 15-16 darajani tashkil qiladi.

Xaridorning ismi oshkor etilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, shu yil yozida Yaponiyada dunyoda eng qimmat bo‘lgan -  Ruby Roman navli uzumning bir boshi 1,2 million iyenga (11 ming dollar) sotilgandi.