TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Jahon banki tomonidan e’lon qilingan Doing Business reytingida O‘zbekiston 7 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.
Reytingda ishtirok etayotgan 190 ta davlatlar orasida O‘zbekiston biznes bilan shug‘ullanish oson bo‘lgan mamlakatlar orasida 69-qatorda joylashgan.
Reytingning eng yuqori qatorlaridan Yangi Zelandiya, Singapur va Gonkong o‘rin olgan. MDH mamlakatlaridan eng yuqori natijaga Gruziya erishgan 7 o‘rin, Qozog‘iston – 25 o‘rin, Rossiya – 28 o‘rin.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Doing Business reytingida 18 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev turli xalqaro nufuzli tashkilotlarda O‘zbekiston reytingini yaxshilashga qaratilgan farmonni imzolagan edi. 2025-yilda O‘zbekiston ushbu reytingning eng yaxshi 20taligiga kirishni rejalashtirigan.