Rak tarqalishini qanday yengish mumkin: SSSR tajribasi

Saraton kasalligi bilan qanday samarali kurashish mumkin? Rossiya Federal tibbiyot biologiya agentligining otorinolaringologiya ilmiy-klinik markazi gospitalizatsiya va tibbiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Lipson bu haqda.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Shu kunlarda Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya tibbiyot forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda sohaning turli tarmoq mutaxassislari ishtirok etib, dori-darmon va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar o‘zaro tajriba almashishdi hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishdi.

Rossiya delegatsiyasi tarkibida onkolog-ekspertlar ham ishtirok etmoqda.

Sputnik bilan suhbati chog‘ida Dmitriy Lipson saraton bilan kurashishda asosiy muammo bu kasallikning juda kech aniqlanishi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Aksariyat hollarda, bemorlarning o‘zi aybdor bo‘lib qolmoqda. Zero, ular vrach ko‘rigidan o‘tishni oxiriga qadar orqaga surish bilan ovvoralar.

“Saratonni tamomila yo‘q qilish mumkin emas. Ammo unga qarshi kurash onkologiyagacha bo‘lgan davrda va kasallikning dastlabki bosqichida ayniqsa samarali bo‘la oladi. Bu real holat. Xirurgiya va farmatsevtika texnologiyalari, diagnostika usullarini takomillashtirish, shifokorlar ixtisosligini oshirish, ularda “onkologik hushorlik”ni tarbiyalash kabilar ham talab etiladi. Har qanday vaziyatda ham “erta aniqlangan - samaraliroq da’volanadi” tamoyili qo‘llanilishi kerak", - deydi Lipson.

O‘zbekistonda rak kasalliklarini aniqlash va davolash sohasi yanada kuchaytiriladi

Onkolog allaqachon unutilgan monitoring va diagnostika instrumentlarini samarali deb atab, Sobiq ittifoq davridagi har yilgi ommaviy profko‘riklar tajribasiga alohida e’tiborini qaratdi. Ushbu tajriba bemorlarni doimiy kuzatuv ostiga olib, normadan jiddiy chetga og‘ishlarni aniqlashda samarador bo‘la oladi va hamda ularni o‘z vaqtida davolashga imkon yaratadi.

“Bu kabi kengmiqiyosli tekshiruvlar va profko‘riklarni qayta tiklash juda yaxshi natijalarga sababchi bo‘lardi. Rossiyada hozirda onkologik kasalliklarga qarshi davolanishning oltiyillik dasturi ishga tushirilgan. Umid qilamanki, O‘zbekistonda ham bunday tajriba yo‘lga qo‘yiladi”, - dedi mutaxassis.

Germaniyalik onkolog saratondan saqlanishning eng yaxshi uslubini aytdi

Shu o‘rinda, uning ta’kidlashicha, bu borada majburiy choralarni tatbiq etish muammoni yecha olmaydi. Aholi bilan tegishli ma’rifat ishlarini olib borish talab qilinadi.

“Har kim o‘zi uchun shuni ochiq-oydin ifodalab olishi kerak: ilk alomatlar paydo bo‘lgandayoq yoki shunchaki profilaktika uchun ham shifokorga borib tekshirilsa, kasallik aniqlangan taqdirda, uni davolay olishadi, yo‘qsa, hech kim yordam bera olmaydi. Ochig‘i, bu ichki madaniyat masalasi hamdir, ya’ni "yashashni xohlaymanmi-yo‘qmi" toifasidan”, - xulosa qildi Dmitriy Lipson.