Xorijdagi mashqda ilk bor S-400 zenit raketa tizimidan foydalaniladi

Xorijdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarda ilk bor Rossiyaning S-400 zenit raketa majmuasi va “Pansir-S” batarayasi qatnashadi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Xorijdagi mashqlarda ilk bor S-400 zenit majmuasi va “Pansir-S” batarayasi qatnashadi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Rossiya Afrikaga 4 milliard dollarlik qurol eksport qiladi

Rossiya zenit raketa majmualari “Slavan qalqoni” o‘quv mashg‘ulotda qatnashish uchun Serbiyaga olib borildi.

Qurol majmualari Bataynitsa aviabazasida o‘rnatiladi. Mashqda rus-serb guruhi qismi bo‘lib, ular tuman havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini ta’minlaydi. Bundan tashqari, shartli dushmanning havo nishonlarini aniqlash, kuzatish va yakson qilish bo‘yicha vazifalarni bajarishi kerak.  

“Slavan qalqoni - 2019” mashqi ilk bor o‘tkazilmoda. Mashq ikki bosqichdan iborat: birinchisi sentabrda Astraxan viloyatida o‘tkazildi, ikkinchisi 29-oktabrgacha Serbiyada davom etadi.