O‘zbekiston va YeOII

Vashington YeOIIga qo‘shilish rejasi uchun O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga urinmoqda

AQSh savdo vaziri Uilbur Ross o‘zbek-amerika biznes-forumida Toshkentga shuni ochiq ma’lum qildiki, respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integrallashuvi jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi hamda mamlakatning BSTga qo‘shilishi jarayonini murakkablashtirishi mumkin
Sputnik

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. AQSh savdo vaziri Uilbur Ross O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shib olinishi mamlakatning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonini sezilarli qiyinlashtirishi mumkinligi haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda AQSh Savdo vazirligi matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev iqtisodchi sifatida YeOII foydasi va xatarini tushunadi - Matviyenko

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-amerika biznes-forumi doirasida, Ross, ikkiyoqlama munosabatlar rivojidagi yutuqlar haqida to‘xtaldi, shuningdek, Toshkentning BSTga a’zo bo‘lish rejasini qo‘llab-quvvatladi.

"Biz bu harakatlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz va BST ning tashqi savdo tartibi memorandumidagi savollarga Hukumatdan sabrsizlik bilan javob kutib qolamiz. Shu bilan birga o‘zbek sheriklarimizni yangi bitimlarning BST a’zolikka ta’sirini diqqat bilan ko‘rib chiqishga chaqiramiz. Misol uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga hozirning o‘zida a’zo bo‘lish BSTga qo‘shilish jarayonini murakkablashtirishi va keyinga qoldirishi mumkin", - deb qayd etgan Ross.

Ilgariroq, Oliy Majlis Senati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, YeOII mavzusi atrofida bo‘layotgan muhokamalarga izoh berar ekan, O‘zbekiston ochiqlik sari kursni davom ettirayotganini, biroq shoshilinch qarorlar qabul qilmasligini aytgan edi. Hukumat birinchi navbatda mamlakat manfaatlariga qarab ish tutishni ko‘zlagan. Ehtimoliy bosimga keladigan bo‘lsak, Safoyev o‘shanda bu holat istisnoligini qat’iy ta’kidlagandi.

Mirziyoyev bosim ostida egiladigan siyosatchi emas - Safoyev YeOII muzokaralari haqida

"O‘zbekiston prezidenti - unga bosim o‘tkazish mumkin bo‘lgan inson emas, u siquvlar ta’sirida egilmaydi", - degandi senator.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Oktabr oyi boshida Toshkentda bo‘lgan RF Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo guruhi tashkil etilgan bo‘lib, u yil yakuniga qadar barcha ustuvor jihatlar va xatarlarni baholab, agar O‘zbekiston ijobiy qaror qabul qilsa, u uchun eng optimal shart-sharoitlarni ishlab chiqishi ko‘zda tutilgan.

"Albatta, O‘zbekistonning YeOII integrallashuvi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlar edi. Shu jumladan, Markaziy Osiyo maydonida ham. Lekin biz shuni yaxshi tushunamizki, bu oddiy qaror emas, va u aniq hisob-kitoblarni talab etadi. Shavkat Mirziyoyev faqatgina tajribali davlat arbobigina emas, u shuningdek, ajoyib iqtisodchi, u integrallashuvning barcha foyda va murakkabliklarini ko‘ra biladi. Har qanday sharoitda ham tanlov respublikaning o‘ziga havola, va bunday konstruktiv yondashuvni biz qo‘llab-quvvatlaymiz", - deya qayd etgandi muzokaralar yakuni bo‘yicha Valentina Matviyenko.

YeOII bugun oltita davlat kiradi: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya. Tojikiston ham tashkilotga a’zo bo‘lishi ehtimolini istisno etmayapti.