Ukraina Qozog‘iston qoramollari o‘rnini qoplashda O‘zbekistonga yordam berishga tayyor

“Ukrprominvest-Agro” kompaniyasi O‘zbekistonga amerikaning Golshtin-friz zotli qoramollarini eksport qila boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt — Sputnik.  "Ukrprominvest-Agro" O‘zbekistonga 97 bosh nasldor qizil ola g‘unajin yetkazib berdi, deya xabar qilinadi kompaniya saytida.

O‘zbekistonda go‘sht muammosini genetika va texnologiyalar hal qila oladi

Ukrainalik korxona rahbari so‘zlariga qaraganda, kompaniya yiliga 600 tagacha g‘unajin boshini taklif qilish imkoniyatiga ega. Hozirda O‘zbekistonga ushbu eksport turining doimiy yetkazib berilishi yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda.

Qo‘shnilarda yo‘q, tovuqlar esa yordam bermaydi: ekspert O‘zbekistondagi go‘sht muammosi haqida

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston o‘z hududidan olti oygacha bo‘lgan muddatda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini olib chiqilishini ta’qiqlab qo‘ydi.

Joriy yil 22-oktabrdan kuchga kirgan ushbu ta’qiq yirik qoramol, bir yashar g‘unajin buzoqlari, yoshi bir yildan oshgan sigir va qo‘ylar, tirik echki, sovliq qo‘yi kabilarning eksportiga tarqaladi.