Turkiya Suriyadagi harbiy amaliyotni to‘xtatib qo‘yganini e’lon qildi

Mavlut Chavusho‘g‘lu harbiy amaliyot yakunlanmaganini va turk armiyasi “zarur bo‘lgan vaqtda terrorchilarga qarshi zarba berishga” tayyorligini ta’kidladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu Suriyadagi harbiy amaliyot to‘xtatib qo‘yilganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Sochida Putin va Erdo‘g‘on muzokaralari boshlandi

Shu bilan birga, Mavlut Chavusho‘g‘lu harbiy amaliyot yakunlanmaganini va armiya “zarur bo‘lgan vaqtda terrorchilarga qarshi zarba berishga” tayyorligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 9-oktabr buyon Turkiya Suriya kurdlarining mudofaa kuchlaridan Turkiya bilan chegaradosh Suriya hududini tozalash hamda u yerda xavfsiz zona yaratish maqsadida harbiy amaliyot o‘tkazayotgan edi. Turkiyaning ushbu harakatini dunyodagi ko‘plab mamlakatlar qoralab chiqishdi. Rossiya ushbu borada Turkiya Suriya hukumati bilan muzokaralar olib borishi kerak deb hisoblaydi.