Toshkentda ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv – chlenov ShOS v Bishkeke
Majlis qatnashchilari ShHTning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining yangi taxrirdagi loyihasini tasdiqlashni rejalashtirmoqdalar.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. 1-2 noyabr kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi

Bu haqda O‘zbekiston investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Shanxay hamkorlik tashkilotining tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun mas’ul vazirlarlarining 18-yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv – chlenov ShOS v Bishkeke
ShHT davlat rahbarlari 21 ta hujjatni imzolashdi

Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari va hukumat rahbarlarining yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar ijrosini ko‘rib chiqish, ushbu tashkilot doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning meyoriy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Majlis qatnashchilari ShHTning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining yangi taxrirdagi loyihasini tasdiqlashni rejalashtirmoqdalar.