Olimlar yaqinlashib kelayotgan zilzilalarning yangi belgilarini topishdi

Olimlar yaqinlashib kelayotgan zilzilalarning o‘zgacha alomatlarini topishdi, ular bashorat qilish uslublarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Olimlar zilziladan besh kun oldin atmosferadagi ichki tortish (gravitatsiya) to‘lqinlarining parametrlari o‘zgarish ro‘y berishini aniqladi.

Samarqand yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

Bu ma’lumot zilzilalarni qisqa muddatli bashorat qilish usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari “Fanlar akademiyasi hisobotlari” jurnalida chop etildi.

Geofiziklar O‘zbekistonda 2013-yil 26-may, Qirg‘izistonda 2007-yil 8-yanvarda hamda Qozog‘istonda 2013-yil 28-yanvarda zilzilalar bo‘lgan vaqtida sun’iy yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qildi.

Seysmik falokatdan besh kun oldin har uch holatda ichki tortishish to‘lqinlarining (ITT) parametrlari o‘zgargani - havo to‘lqinlarining tebranishi ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotlar Rossiya Fanlar akademiyasining Geosferalar dinamikasi instituti, IKI RAN va akademik V.V. Adushkin boshchiligidagi Iqtisodiyot oliy maktabining rossiyalik olimlari, Qirg‘iziston va Germaniya hamkasblari ishtirokida olib borildi.

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Vaqt o‘tishi bilan olimlar atmosferaning o‘rtacha harorati (stratosfera va mezosferani o‘z ichiga olgan Yer atmosferasi qatlami) qanday harakat qilishini kuzatdilar. Keyinchalik ichki tortishish to‘lqin parametrlarni aniqlashdi.  

Aniqlanishicha, ularning vertikal to‘lqin uzunligi - 14,2 va 18,9 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, vertikal uzunligi 10 kilometrdan ortiq bo‘lgan ITT isitish bilan bog‘liq atmosferadagi konvektiv jarayonlar paytida ro‘y berishi ma’lum bo‘ldi.

“Bu shuni anglatadiki, yerning litosferasida sodir bo‘ladigan jarayonlar, past atmosferada konvektiv beqarorlikka olib keladi. Ular seysmik faol mintaqalarda ITT sababchi bo‘ladi. Mezosferaga etib boradigan ichki tortishish to‘lqinlari buzilishi mumkin. Bu sodir bo‘lganda, ITT energiyasi issiqlik harakatga o‘tib haroratga ta’sir qiladi”, - deydi professor Sergey Popelya.

Zilziladan bir necha kun oldin yor qobig‘idagi doimiy global tebranishlar - seysmik tortishish to‘lqinlari faollashadi, shuningdek, yer qobig‘idan chiqadigan issiq litosfera gazlari oqimi kuchayadi.

Bularning barchasi atmosfera harorati va holatiga ta’sir qilishi kerak, bu ichki tortishish to‘lqinlarining parametrlari o‘zgarishini aks ettiradi.

Tadqiqotchilar ushbu o‘zgarishlar nimada aks etishini aniqlashga qaror qilishdi. Atmosferadagi ITT to‘lqin uzunligi 4-5 kun ichida o‘sishni boshlaydi, zilziladan ikki kun oldin maksimal qiymatiga etadi va hodisadan bir kun oldin keskin pasayadi.

Seysmik faol mintaqalardagi manba bilan bog‘liq to‘lqinlarning parametrlarini aniqlash uchun olimlar birinchi marta NASA Giovanny resursida mavjud bo‘lgan o‘rta atmosfera haroratini sun’iy yo‘ldosh asosida o‘lchash usulini qo‘lladilar.

Bu usul kuzatishni sezilarli darajada osonlashtiradi va seysmik silkinishlarni qisqa muddatli bashorat qilish uchun xizmat qilishi mumkin.