MIB bo‘lim boshlig‘i: xodimlarimizga tajovuz qilganlar qat’iy jazoga tortiladi

Majburiy ijro burosi Mirobod tumani bo‘limi boshlig‘i Igor Li tashkilotning erishgan yutuqlari haqida gapirdi va endilikda fuqarolar qarzdorlik masalasida ancha mas’uliyatli bo‘la boshlaganliklarini qayd etdi
Sputnik

Majburiy ijro burosi ikki yarim yilga yaqin vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Igor Lining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy va respublika darajalarida qarz to‘lamaydiganlar soni sezilarli kamaygan, fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasi sezilarli oshgan.

Yana bir MIB xodimi do‘pposlandi

"Biz aholi bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib boramiz, qolaversa, matbuot orqali ham fuqarolarimizga murojaat qilamiz, maqsadimiz aholiga biz qanday tashkilot ekanligimizni, maqsad va vazifalarimiz nimalardan iboratligini yetqazish. Hozirda qarzlarini to‘lashdan bosh tortadiganlar soni sezilarli kamaydi. To‘g‘ri, turli moliyaviy yoki boshqa sharoitlar tufayli qarzlarini vaqtida to‘lay olmayotgan qatlam bor, lekin biz ular bilan ishlayapmiz, va umuman olganda ular o‘z qarzlarini to‘lashdan bosh tortayotganlari yo‘q. Shu bilan birga, ashaddiy qarz to‘lamaydigan shaxslar ham bor, ularga tegishli choralar qo‘llanilib kelinmoqda", - deb ta’kidladi Mirobod tumani MIB bo‘limi boshlig‘i.

U shuningdek, buro xodimlariga qarshilik ko‘rsatish yoki ularga tajovuz qilish holatlari ancha kamaygani, biroq alohida hodisalar hamon oz bo‘lsa-da uchrab turganini qo‘shimcha qildi.

"Biz noqonuniy harakatlarga qat’iy barham beramiz va qonunga amal qilmaydiganlarga nisbatan choralar qo‘llaymiz. Odamlar MIB inspektori davlat tomonidan vazifalarni bajarish uchun tayinlangan inson ekanligini, demakki unga shunga yarasha munosabatda bo‘lish kerakligini anglashlari lozim", — deb qayd etdi Igor Li.

Umuman olganda, Lining ta’kidlashicha, hozirda qarzlarni yio‘ish va fuqarolar mas’uliyati borasida pozitiv dinamika kuzatilmoqda. Uning fikricha, odamlar MIB tufayli budjet, boshqa insonlar yoki sud instansiyalari oldida o‘z majburiyatlarini bajarmasalar jazo muqarrar ekanligini ko‘proq anglay boshladilar.

MIB xodimining to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

MIB bo‘lim boshlig‘i: xodimlarimizga tajovuz qilganlar qat’iy jazoga tortiladi