TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Joriy yilda Rossiyada benzinga bo‘lgan talab o‘tgan 2018-yilga qaraganda 1 foizga tushib ketdi – bu so‘nggi bir necha yil ichidagi rekord daraja, deya yozadi “Izvestiya”.
Nashr “Petromarket” tadqiqot guruhi va “Tovar bozorlari tahlili” agentligi vakillarining ma’lumotlarini keltirmoqda.
Ekspertlar rossiyaliklarning yoqilg‘iga bo‘lgan qiziqishining susayishini uning faqat qimmatligi emas, balki birinchi yarim yillikda real daromadning tushib ketganiga bog‘liqligini aytishmoqda. Ta’kidlanishicha, avtomobil endilikda o‘ta qimmat kayf-safo hisoblanadi, zeroki jarima, texnik xizmat ko‘rsatish va mashinani saqlashga katta miqdorda pul sarflashga to‘g‘ri kelmoqda.
Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, avtoulov egalari arzonroq gazga o‘tmoqda, ba’zilari esa umuman avtomobil boshqarishdan voz kechib, taksi va jamoat transportidan foydalanishni afzal bilishmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya Energetika vazirligi ichki bozorga benzinni jiddiy ravishda qisqartirib jo‘natish qayd etilmaganini tushuntirishdi va ushbu vaziyatni barqaror deb atashdi.