MDH doirasida yagona vizaning joriy etilishi ijobiy qadam bo‘lishi mumkin - TIV

"Bu katta va afsuski, tezkor yo‘l emas, shu bois, bu kabi mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi konkret muddatlari haqida gapirishga hali erta", - deb qayd etdi Rudenko
Sputnik

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. MDHda yagona vizaning joriy etilishi ijobiy qadam bo‘lishi mumkin, lekin bu qisqa fursatda amalga oshadigan ish emas, aniq muddat haqida gapirishga hali erta, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida RF TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko.

MDH o‘z shengeni. Rossiya chegaralarida nima o‘zgarishi mumkin?

"Shubhasizki, MDH maydonida yagona viza joriy etilishi ehtimoli Hamdo‘stlikning boshqa davlatlar bilan biznes va turistik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi", - dedi u.

"Shunday bo‘lsa-da, MDH ishtirokchi davlatlarining har biri o‘z viza va migratsiya siyosatini amalga oshirishi, bu sohalarda mamlakatlarimiz milliy qonunchilik nizomlari hamisha ham mos kelmasligi holatini e’tiborga olmay iloj yo‘q", - deb qo‘shimcha qildi Rossiya TIV rahbari o‘irnbosari.

"Biz Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomarta Tokayevning ushbu masala eng avvalo barcha vakolatli idoralarni jalb etgan holda ekspertlar darajasida har tomonlama o‘rganilishi lozim, degan fikrini qo‘llab-quvvatlayman", - dedi u.

Rudenkoning so‘zlariga ko‘ra, "MDH davlatlari orasida mana shunday yagona vizadan manfaatdor bo‘lgan mamlakatlar doirasini aniqlash va ular bilan migratsiya qonunchiligini yaqinlashtirish bo‘yicha kompromiss qarorlarga borishga tayyorlik darajasini aniqlashtirmoq lozim.

"Bu kabi umumiy vizalarni kiritish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hajmini baholash muhim", - dedi u.

"Bu katta va afsuski, tezkor yo‘l emas, shu bois, bu kabi mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi konkret muddatlari haqida gapirishga hali erta", - deb qayd etdi Rudenko.