TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Ramzan Qodirov Checheniston Suriyadan Shimoliy Kavkaz hududiga kelishi mumkin bo‘lgan “Islom davlati” terrorchilariga qarshi javob qaytarishga tayyorligini bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Biz mamnuniyat bilan ularni qabul qilamiz. Bu teatr chiptasi yoki qabristondan joy bo‘ladimi – hozircha noma’lum”, - deb hazillashdi Qodirov “Katta o‘yin” dasturi efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston mamlakat xavfsizligini ta’minlay oladi, buning uchun respublikada maxsus bo‘linmalar tayyorlangan.
Shuningdek, u Rossiya qo‘shinlari Suriyani "tartibga keltirishga" qodirligini bildirdi.
Rossiya harbiy kuchlari 2015-yildan beri prezident Bashar Asadning iltimosiga binoan Suriyada terrorchilarga qarshi kurashishda yordam berib keladi.
9 oktabr kuni Anqara Suriyaning shimolidagi kurdlarga qarshi operatsiyani boshladi, bu mintaqadagi kuchlar tarkibini o‘zgartirishga va jangarilarning migratsiyasining xavfini kuchayishiga olib keldi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot