Milliy aviatashuvchi daromadlarini tijorat banklariga topshiradi

Airbus postavil perviy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari
Uzbekistan Airways AJning xorijdagi faoliyatidan tushgan barcha kirim mablag‘lari 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston tijorat banklari hisoblariga majburiy ravishda o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qabul qilgan qaroriga muvofiq, Uzbekistan Airways AJ vakolatxonalarining chet elda ochilgan hisoblarini kelgusida tartibga solish nazarda tutilgan, xabar qiladi Adliya vazirligi.

Boeing 787 Dreamliner aviakompanii Uzbekiston xavo uyllari
Biletlar arzon, yo‘lovchilar soni ko‘p bo‘ladi – O‘zbekiston havo yo‘llari o‘zgarmoqda

Hujjatga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan Uzbekistan Airways AJ xorijdagi vakolatxonalarining butun kirim mablag‘lari (vakolatxonaning faoliyati bilan bog‘liq harajatlar bundan mustasno) majburiy ravishda O‘zbekistonning tijorat banklari hisoblariga kelib tushadi.

Qolaversa, milliy aviatashuvchi vakolatxonalarining faoliyatida qo‘llaniladigan harajatlar Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.