Italiyalik xonanda Al Bano Toshkentda konsert beradi

Felicità, Ci Sarà, Sharazan, Liberta qo‘shiqlarini ijro etgan italiyalik mashhur xonanda Al Bano Toshkentda o‘z qizi Romina Karrizi bilan birga konsert beradi.  
Sputnik

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Italiyalik mashhur xonanda Al Bano o‘z qizi bilan Toshkentda konsert beradi, deb xabar qilmoqda  "Afisha.uz".

“Al-Bano va Romina Karrizi dueti konserti 22-oktabr kuni Xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Al Bano 80-90 yillarda o‘ta mashhur bo‘lgan bir necha qo‘shiqlar ijrochisidir. Xususan Felicità, Ci Sarà, Sharazan, Liberta va boshqa mashhur qo‘shiqlar yillar davomida ko‘pchillik sevib kuylaydigan xitlarga aylangan.

Shuningdek, 18-dekabr kuni Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida Rossiya estradasi qiroli Filipp Kirkorovning konserti ham bo‘lib o‘tadi. Xonanda o‘zining The Best nomli yakkaxon dasturi bilan sahnaga chiqadi.