O‘zbekistonda blogerlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qiladigan 22ta bloger reytingi tuzildi. Ularning ro‘yxati bilan batafsil quyida tanishing.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda turli mavzularda ijod qiladigan blogerlar, telegram kanallar juda ko‘paygan. Aksariyat blogerlar kundalik yangiliklarni o‘z fikr va qarashlari bilan “boyitgan holda”, yoritib boradi.

Italiyalik bloger Xorazmcha non tayyorlash sirlarini o‘rgandi

“Qo‘shni mahalla” telegram kanali 4-17 oktabr kunlari O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qilgan blogerlar reytingi tuzgan. Reytingga o‘zbekistonning eng ommaviy 22ta blogeri kirgan. 

Birinchi o‘rinda – abituriyentlar uchun kerakli ma’lumotlarni birinchi bo‘lib tarqatuvchi, prezident bilan selfi tushgan, huquqshunos bloger - Xushnudbek. Uning kanaliga 169 mingdan ortiq kishi a’zo bo‘lgan. 

Ikkinchi o‘rinda o‘zini “hazilkash bloger” deb e’lon qilgan Troll.uz – 51 ming kishi. Uchinchi o‘rinda chizma karikaturalar chop etuvchi hajviy  bloger Rais buva – 48 ming obunachi.

Reytingdan o‘rin olgan barcha blogerlar ro‘yxati bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

O‘zbekistonda blogerlar reytingi e’lon qilindi

Wikipedia ma’lumotiga ko‘ra, ommaviy blogerlar eng ko‘p mamlakatlar  ro‘yxatida 1 o‘rinda Rossiya turarkan. Bu yerda 70 ta bloger Wikipediaga tushgan. Ikkinchi o‘rinda AQSh – 56 ta mashhur bloger. 3 o‘rinda Ukraina – 18 ta bloger. 4 o‘rinda – Buyuk Britaniya – 13ta bloger va ho kazo. Wikipedia o‘zbek tilini tushunganida, ehtimol O‘zbekiston ham ushbu ro‘yxatning yuqori qatorlaridan o‘rin olgan bo‘lardi.