Foydalanilgan avtomobillar bozorida Nexia – 10 o‘rinda

Rossiyaning foydalanilgan avtomobillar bozorida Daewoo Nexia haligacha xaridorlar orasida ommaviy ekani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Daewoo Nexia Rossiyaning ikkilamchi avtomobil bozorida eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar o‘ntaligiga kirdi, Avtostat tahliliy agentligi xabariga ko‘ra.

Ravon - Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil brendi bo‘ldi

Avtostat xabariga ko‘ra, 2019-yilning 9 oyida Rossiya foydalanilgan avtomobillar bozorida umumiy hisobda 2 876 700 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgani yilga nisbatan 1 % ko‘p. F.B. avtomobillar orasida eng ko‘p sotilgan model – Ford Focus - 98 mingta, ikkinchi o‘rinda - Hyundai Solaris – 78 mingta va 3-o‘rinda Toyota Corolla - 76,4  mingta.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni KIA Rio (73 ming) va Toyota Camry (60,3 ming) avtomobillari egallagan. Keyingi o‘rinlarda Renault Logan - 57,4 ming dona, Chevrolet Niva - 54,3 ming dona, Opel Astra - 45,9 mingta, Volkswagen Polo - 44,3 minga dona va 10-o‘rinda Daewoo Nexia - 40,2 mingta avtomobil.