Florinskaya: patent narxi qimmatlashuvi nolegal migrantlar sonini ko‘paytiradi

Patent narxining qimmatlashuvi mehnat migrantlarini noqonuniy yo‘llarni izlashga yanada ko‘proq undaydi, deb hisoblaydi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi yetakchi ilmiy xodimi Yuliya Florinskaya
Sputnik

2019 yilda patent narxining ko‘tarilishi shunga olib keldiki, Rossiya bo‘ylab berilgan hujjatlar soni bir oz oshdi, deydi Rossiya Federatsiyasi prezidenti qoshidagi xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) Ijtimoiy tahlil va prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi Yuliya Florinskaya Sputnik bilan suhbatda.

Moskvada patent narxi ko‘tarilishi kutilmoqda

Shu bilan birga, oylik to‘lovlar, aksincha, kamayib bormoqda.

Bu shundan dalolat beradiki, migrantlarning aksariyati xizmat haqi navbatdagi bor qimmatlashidan xavfsirab, patentni xarid qilmoqda, ammo keyinchalik oylik badalni to‘lashdan to‘xtamoqda.

"Moskva va Sankt-Peterburgda esa patentlar soni ham, oylik to‘lovlar miqdori ham pasaydi", - deya ta’kidlaydi ekspert.

Qo‘shnilarga xos emas: qirg‘izistonlik deputat o‘zbekistonlik ishchilar uchun patent joriy etishni taklif qildi >>>

Shu bilan birga, Florinskayaga ko‘ra, Rossiyadagi mehnat migrantlarining umumiy miqdori kamaymayapti.

Ekspert migrantlarni patent shaklida legallashtirishga urinish eng zo‘r chora emasligini taxmin qildi.

Masala yechimi sifatida Florinskaya, birinchi navbatda "bu migrantlar uchun qimmat" bo‘lgani bois, patent narxini oshirmaslikni taklif qilmoqda. Ayol patent olishdagi xarajatlarni qay tarzda kamaytirish mumkinligi borasida o‘z g‘oyasi bilan bo‘lishdi: misol uchun, migrantlarning bir qismini bir yo‘la ikki yilga rasmiylashtirish mumkin.

Rossiyaning qaysi regionida migrantlar uchun eng qimmat patent joriy etilgan >>>

Bundan xulosa qilsa bo‘ladiki, mehnat migrantlari uchun patentlar qay darajada qimmat bo‘lsa, chet elliklar Rossiyaga kelib noqonuniy pul ishlashning turfa yo‘llarini topishga ko‘proq urinadilar.

Ekspert izohini quyida rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Florinskaya: patent narxi qimmatlashuvi nolegal migrantlar sonini ko‘paytiradi