TOShKENT, 18 okt - Sputnik. O‘zbekistonda kredit olishda propiska cheklovi bekor qilindi, deb xabar bermoqda "Bank va mijoz" kanali.
Ta’kidlanishicha, Markaziy bank qarori bilan Banklar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, endi kreditlarni yashash joyidan qat’iy nazar istalgan hududda joylashgan bankdan olish mumkin – propiskaning ahamiyati yo‘q.
Ushbu o‘zgarishlar 2019-yil 16-oktabrdan kuchga kirgan.